Aroqchi Rossiyaga boradi

Olam

image

Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi joriy hafta oxirida Rossiyaga yo‘l oladi. Bu haqda “Mehr” xabar berdi.

Eron tomonining xabariga ko‘ra, Moskvaga safar davomida Maskat shahridagi AQSH-Eron muzokaralari bilan bog‘liq so‘nggi voqealar muhokama qilinadi.

Tashrifning boshqa tafsilotlari ochiqlanmagan.

Ma’lumot uchun, 12 aprel kuni Ummonda Tehron va Vashington o‘rtasida Eron yadroviy dasturi atrofidagi vaziyatni hal qilish uchun Maskat vositachi sifatida bilvosita muzokaralar o‘tkazilgandi. Eron tomonidan Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi, AQSHdan esa prezidentning maxsus vakili Stiven Uitkoff ishtirok etdi.

Eron Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, uchrashuv konstruktiv va tinch muhitda o‘tgan.

TIV ma’lumotlariga ko‘ra, Uitkoff va Aroqchi muzokaralar joyini tark etib, Ummon Tashqi ishlar vazirligi rahbari ishtirokida bir necha daqiqa suhbatlashgan.

Eslatib o‘tamiz, 11 aprel kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgdagi prezident kutubxonasi binosida Amerika yetakchisining maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Shundan so‘ng, Uitkoff Eron masalasini hal qilish uchun Ummonga tashrif buyurgan. Ba’zi bir tahlilchilarga ko‘ra, ikki uchrashuv bir-biriga bog‘liq bo‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Abbos Aroqchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing