Kurs UZS

USD

12 970.19

-11.06

EUR

13 572.01

-25.85

RUB

142.20

0.03

Aroqchi isroilliklarni Grenlandiyaga ko‘chirishni taklif qildi (video)

Olam

image

Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi AQSH Prezidenti Donald Trampning G‘azo aholisini Iordaniya yoki Misrga ko‘chirish haqidagi taklifiga javoban isroilliklarni Grenlandiyaga jo‘natishni taklif qildi. Bu haqda u “Sky News” telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.

“Mening taklifim boshqacha. Falastinliklar o‘rniga isroilliklarni chiqarib yuborishsin. Ularni Grenlandiyaga olib borishsin. Shunda ular bitta o‘q bilan ikkita quyonni uradi”, dedi Aroqchi.

Aroqchining bu bayonoti Trampning g‘azoliklarni Misr va Iordaniyaga ko‘chirish taklifidan keyin yangradi.

Joriy yilning 25 yanvar kuni Donald Tramp Iordaniya va Misr urushdan vayron bo‘lgan G‘azo sektoridan falastinliklarni qabul qilishi kerakligini aytgandi. Ushbu taklif G‘azo sektorini HAMAS tomonidan rad etildi. Shuningdek, Iordaniya hamda Misr tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanmadi.

Tramp G‘azoni “tozalamoqchi”. Bu Yaqin Sharq uchun nimani anglatadi? north_east

Tramp G‘azoni “tozalamoqchi”. Bu Yaqin Sharq uchun nimani anglatadi?

G‘azoda Isroil hujumlari oqibatida og‘ir gumanitar inqiroz yuzaga kelgan va o‘n minglab odam halok bo‘lgan. Ushbu rejalar vaqtinchalikmi yoki doimiymi degan savolga Tramp “har ikkisi ham bo‘lishi mumkin”, deb javob bergan.

Iordaniya allaqachon bir necha million falastinlikni qabul qilgan, Misrda esa o‘n minglab falastinliklar yashaydi. Ushbu mamlakatlar va boshqa arab davlatlari G‘azo sektoridagi falastinliklarning o‘z hududlariga ko‘chib kelishini rad etib keladi. G‘azo Falastinning kelajakdagi davlatiga tegishli hudud sifatida ko‘riladi.

Isroil Moliya vaziri Betsalel Smotrich Trampning taklifini “ajoyib g‘oya” deb atagan va uni amalga oshirish bo‘yicha reja ishlab chiqish niyatida ekanini bildirgan. Biroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Smotrich ilgari surayotgan bu kabi takliflarni bir necha bor rad etgan.

HAMAS rasmiylari esa falastinliklarning o‘z vatanidan majburan chiqarilishiga xavotir bildirgan. HAMAS siyosiy byurosi a’zosi Basim Nayim “Reuters” nashriga bergan bayonotida falastinliklar Tramp taklif qilgan rekonstruksiya bahonasida taklif etilayotgan har qanday yechim va takliflarni qabul qilmasligini aytgan.

HAMASning yana bir rasmiysi Sami Abu Zuhri esa Trampni o‘zidan avvalgi prezident Jo Bayden tomonidan sinovdan o‘tkazilgan muvaffaqiyatsiz g‘oyalarni takrorlamaslikka chaqirgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 yanvarida G‘azo sektorida HAMAS va Isroil o‘rtasida sulh rejimi kuchga kirgandi. Shundan so‘ng falastinliklar  vayron bo‘lgan uylariga qaytib, bedarak yo‘qolgan yaqinlarini qidira boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Donal'd Tramp G'azo Abbos Aroqchi Grenlandiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing