Armiyaga chaqiriluvchidan 4,5 mln so‘m pora olgan shifokor ushlandi
Jamiyat
−
08 aprel 2019
5121Muddatli harbiy xizmatni o‘tash tartibini takomillashtirish maqsadida doimiy tibbiy chaqiruv komissiyasi tarkibiga kiritilgan, Navoiy viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘limi dermatolog shifokori lavozimida ishlovchi 1978-yilda tug‘ilgan R.R. fuqaro A.B dan o‘z xizmatini o‘tashda yordam berish maqsadida pul tama qiladi.
Navoiy viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, dermatolog R.R. viloyat Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi Chaqiriluvchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘limi binosidagi xizmat xonasida talab qilgan 4 mln. 500ming so‘m pullarni olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov oldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi