Armanlar Fransiyadagi Ozarbayjon elchixonasiga hujum qildi (video)

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 18 sentyabr kuni Ozarbayjonning Fransiyadagi elchixonasiga tajovuzkor kayfiyatdagi arman diasporasi vakillari hujum qildi. Bu haqda Ozarbayjonning Fransiyadagi elchisi Rahmon Mustafoyev ma’lum qildi.

U ijtimoiy tarmoqlarda voqea haqida yozib, hujum jarayoni aks etgan videotasvirlarni e’lon qilgan.

Shu bilan birga, Mustafoyev Fransiya hukumati Ozarbayjon tomonining diplomatik vakolatxona xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha so‘rovini e’tiborsiz qoldirganini ta’kidladi.

Mustafoyev rasmiylar va Prezident Emmanuel Makronni harakatsizlikda ayblab, voqeani “Fransiya uchun sharmandalik” deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 avgust kuni Ozarbayjonning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi radikal diniy guruh hujumiga uchragandi. Shaxsi noma’lum bir necha kishi elchixonaga bostirib kirib, bino ayvonida diniy bayroqlarni ochib, radikal shiorlarni aytgan. Mahalliy politsiya aralashuvi bilan vandalizm to‘xtatilgan va jinoyatchilar qo‘lga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon

Baholaganlar

211

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing