Armanistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Olam

image

Armanistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi lavozimiga Georgiy Kocharyan tayinlandi. Bu haqdagi farmon Armaniston Prezidenti matbuot xizmati saytida e’lon qilindi.

Tegishli farmonni Armaniston Prezidenti Vaagn Garnikovich Xachaturyan imzolagan. U ushbu lavozimda Aram Grigoryanni almashtirgan. Aram Grigoryan 2019 yilning iyun oyidan buyon Armanistonning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonasiga rahbarlik qilib kelgan. Uning faoliyati davomida ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy va gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik faol rivojlangan.

Kutilishicha, yangi elchi Georgiy Kocharyan Armaniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘nalishini davom ettiradi, shuningdek, siyosiy muloqotni kengaytirish va xalqaro maydonlarda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga hissa qo‘shadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Saudiya Arabistoni Podshohligining O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Saad bin Nosir bin Abdulloh Abu Haymeddan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing