Armanistonning sobiq prezidentiga ayblov qo‘yildi

Olam

image

Armanistonning sobiq prezidenti Serj Sargsyan poraxo‘rlik va tadbirkorlik faoliyatida noqonuniy ishtirok etganlikda ayblanmoqda. Bu haqda “Armenpress” axborot agentligi xabar berdi.

Agentlikka ko‘ra, Sargsyan ishi Korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasi tomonidan tekshirilmoqda.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Sargsyan 2000-2018 yillarda Armaniston mudofaa vaziri, bosh vazir va prezident lavozimlarini egallab, qonun bilan taqiqlanganiga qaramay, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangan. Shu bilan birga, u o‘z mansab mavqeyidan foydalanib, ishonchli shaxslar orqali tijorat kompaniyalari tashkil etish va ularni boshqarishda ishtirok etishda gumon qilinmoqda.

Xususan, tergov ma’lumotlariga qaraganda, Serj Sargsyan chet el sarmoyasini jalb qilish bahonasida o‘zining yaqin do‘sti M.B. va unga tegishli tuzilmalarni Ararat viloyatidagi Surenavan qishlog‘ida bitum zavodi yaratishga jalb qilgan. Shu maqsadda 2006 yilda kompaniya tashkil etilgan bo‘lib, uning aksiyalarining 50 foizini M.B. kompaniyalari, yana 50 foizini esa Kiprda ro‘yxatdan o‘tgan ikki rus kompaniyasi olgan.

Keyinroq Sargsyan M.B.dan siyosatchining jiyani va Armaniston ikkinchi prezidenti Levon Kocharyanning o‘g‘li asos solgan boshqa kompaniyadagi 22,5 foiz aksiyalarini pora tariqasida berishni talab qilgan. 2008 yilda bu ulush rasman ushbu kompaniyaga sotilgan. Keyinroq Sargsyan ikkinchi prezidentning o‘g‘liga 6 million dollar berishni talab qilgan.

“Newsarmenia.am”  xabariga ko‘ra, dastlabki tergov nihoyasiga yetgan va Sargsyanning ishi ayblov xulosasi bilan Armaniston Korrupsiyaga qarshi kurashish sudiga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tunis sudi sobiq prezident Monsef Marzukini sirtdan 22 yilga ozodlikdan mahrum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Armaniston poraxo'rlik Serj Sargsyan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing