Armanistonning birinchi Prezidenti Pashinyanni mamlakatni tark etishga chaqirdi
Olam
−
16 mart 2021
5515Armanistonning birinchi Prezidenti Levon Ter-Petrosyan mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyanni zudlik bilan iste’foga chiqishga va Armanistonni tark etishga chaqirdi.
Ter-Petrosyan yaqinda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan parlament saylovlarini tarixdagi "eng sharmandali saylovlar" bo‘lishini aytgan.
"Men jamiyatda navbatdan tashqari saylovlar tashkil etilsa, barcha saylov uchastkalari keskinlik "o‘chog‘i"ga aylanib ketishi mumkin degan fikrlarga qo‘shilaman", degan Ter-Petrosyan.
Sobiq Prezident Pashinyanning iste’foga chiqishi va partiyasiz Bosh vazir tayinlanishini yangi saylovlar oldidan qilinishi kerak bo‘lgan yagona yo‘l deb bilgan.
Eslatib o‘tamiz, 25 fevral kuni Armaniston armiyasi mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilgandi.
Buning sababi Armaniston Prezidenti Armen Sarkisyan Pashinyanning taklifiga binoan, Bosh shtab rahbarining birinchi o‘rinbosari Tiran Xachatryanni ishdan bo‘shatgandi.
LiveBarchasi