Rasman: Erdo‘g‘an Turkiya kuchaytirilgan karantinga qaytayotganini e’lon qildi

Olam

image

Turkiya koronavirus bilan bog‘liq karantin cheklovlarini kuchaytiradi. So‘nggi vaqtlarda mamlakatda karantinning yumshatilishi va odamlarning belgilangan qoidalarga rioya qilmasligi ortidan bemorlar, o‘lim soni keskin ortgan. Shu bois Hukumat yana keskin choralarni qo‘llashga majbur bo‘lmoqda. Bu haqda bugun, 18 sentyabr kuni mamlakat Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida ma’lum qildi. 

“Pandemiya boshlangandan buyon muntazam tavsiya, ogohlantirish berib bordik. Ming afsuski, ogohlantirishlarimizni xalqimiz jiddiy qabul qilmadi. Qoidalarga rioya qilingan joylarda va amal qilingan vaqtlarda bemorlar soni ozayganini ko‘rdik. Karantinni biroz yumshatganimizdek keyin esa, bu safar, ayniqsa, Istanbul va Anqara shaharlarida yangi holatlar ko‘payganiga guvoh bo‘ldik. 

64-65 yoshgacha bo‘lgan o‘limlar biz uchun juda ahamiyatga ega. Endi karantinni yana kuchaytirishga majburmiz. Ilmiy kengash, Sog‘liqni saqlash vazirligi choralarni kuchaytirishi kerak”, deydi Erdo‘g‘an.

Mamlakat rahbari so‘zida davom etarkan, Hukumat jamoat transportlarida harakatlanish, to‘ylar, nikoh marosimlarini o‘tkazish, ijtimoiy masofa bo‘yicha qat’iy yondashuvi mavjudligi, biroq, bunga odamlar rioya qilmaganini urg‘ulaydi. Erdo‘g‘anga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligining galdagi ko‘radigan choralai yanada kuchli bo‘lishi mumkin. Bu haqida gapirarkan, “Biz bundan zavq olayotganimiz yo‘q”, deydi Prezident. 

Ayni vaqtda Anqara va Istanbulning ayrim tumanlarida kuchaytirilgan karantin joriy etilishi boshlangan. Va bu jarayon to‘xtamaydi. Ayniqsa, eng yirik shaharlarda tez orada kuchaytirilgan karantin cheklovlari joriy qilinadi. 

Ma’lumot o‘rnida, ayni vaqtda Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni 298 039 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 263 745 nafari yoki 88,4 foizi sog‘aygan, 7 315 nafari vafot etgan. Kecha, 17 sentyabr kuni mamlakatda 1 648 ta yangi holat aniqlangan, 66 kishi vafot etgan. 

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada koronavirus bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 11 mart kuni qayd etilgan edi. O‘sha kuniyoq mamlakatda karantin choralari e’lon qilindi. May oylariga kelib Turkiya karantinni biroz yumshatgandek bo‘ldi. Pandemiyadan 74 kun o‘tib 29 may kun masjidlar juma namozi o‘qish uchun ochildi. Afgust o‘rtalariga kelib, yana karantin choralari kuchaytirilish boshlandi


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

217

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing