Armanistonda Qorabog‘da halok bo‘lganlar uchun motam yurishi boshlandi
Olam
−
19 dekabr 2020
3949Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va Hukumat a’zolari boshchiligidagi bir necha ming Yerevan aholisi bugun, 19 dekabr kuni Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlar paytida halok bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishlab, Respublika maydonidan Yerablur yodgorlik majmuasiga qadar motam yurishini boshladi. Bu haqda voqea joyidan TASS muxbiri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Pashinyan Hukumat binosidan chiqib ketayotganda, Respublika maydonida odamlar haddan tashqari ko‘p edi, politsiya navbatchilik qilayotgandi. Pashinyan yurishning boshida, uning ortida yuzlab odamlar bor. Yurish qatnashchilaridan ba’zilari Bosh vazirni qo‘llab-quvvatlovchi shiorlar bilan chiqishmoqda, ammo Pashinyan ularni bunday qilmaslikka chaqirmoqda.
“Qarsaklar va nutqlarga hojat yo‘q, keling, indamay yuramiz”, deya Pashinyan yurish boshida tarafdorlariga murojaat qilgan.
Shu bilan birga, Pashinyanning muxoliflari Bosh vazirni motam tadbirlarida ishtirok etishiga to‘sqinlik qilmoqchi bo‘lib, Yerablurda to‘plangan.
Armaniston Hukumati Qorabog‘dagi jang paytida deyarli 3 ming kishi halok bo‘lganini ma’lum qilgan. Shuningdek, bedarak yo‘qolganlar ham bor, ular jangovar harakatlar sodir bo‘lgan joylarda va unga qo‘shni Jebrail, Fizuli va Zangelan hududlaridan qidirilmoqda. Qidiruv ishlarida Rossiya tinchlikparvar kuchlari va Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi vakillari ishtirok etmoqda. Tog‘li Qorabog‘ va unga qo‘shni viloyatlarda jangovar harakatlar tugagan kundan beri 969 kishining jasadi topilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning 19 dekabridan boshlab, Armanistonda Tog‘li Qorabog‘dagi jangovar harakatlar paytida halok bo‘lganlar uchun uch kunlik motam e’lon qilinishi haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi