Armanistonda davlat to‘ntarishi uyushtirmoqchi bo‘lishdi (video)
Olam
−
19 Sentabr
8269Armanistonda mamlakatning bir qancha fuqarolari va Tog‘li Qorabog‘ aholisi tomonidan tayyorlanayotgan qurolli to‘ntarish orqali hokimiyatni egallab olishga urinishning oldi olindi. Bu haqda mamlakatning Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari yetti kishining shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Xavfsizlik xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, ularga 220 ming rubl evaziga Rossiyada uch oylik amaliyot o‘tashni taklif qilishgan. Shu vaqt ichida og‘ir qurollardan foydalanish ko‘nikmalari bilan tanishish kerakligi aytilgan.
Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ular mamlakatga qaytganlaridan so‘ng jangovar vazifani bajarishlari kerak bo‘lgan. 2024 yil davomida ular bir qator Armaniston fuqarolarini va Tog‘li Qorabog‘ning sobiq aholisini shu tarzda yollashgan.
“Ular turli guruhlarda Rossiyaning Rostov-Don shahriga borishgan, keyin Rossiyadagi sheriklari boshqa joyga ko‘chirilgan va u yerda dastlabki tekshiruvdan, jumladan, poligrafiyadan o‘tishi kerak bo‘lgan. Ularning shaxsiy xususiyatlari va siyosiy qarashlari, shuningdek, Armaniston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlari bilan aloqalarini aniqlashga kirishildi”, deyilgan xabarda.
Ma’lum qilinishicha, guruhning mashg‘ulotlardan maqsadi Armanistonga qaytish va amaldagi hukumatni ag‘darish, shu bilan Armaniston Respublikasini “poklanish va qutqarishga chaqirish” bo‘lgan.
Armaniston xavfsizlik kuchlari tomonidan olib borilgan operatsiya natijasida gumon qilingan 7 kishining 3 nafari qo‘lga olingan, yana 4 nafariga qidiruv e’lon qilingan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 iyun kuni Boliviyada davlat to‘ntarishiga urinish bo‘lib o‘tgandi. Suniga boshchiligidagi bir guruh harbiylar mamlakatning eng yirik shahri va de-fakto poytaxti La-Pasdagi markaziy maydonni egallab oldi va zirhli mashinada Prezident qarorgohi Kemado saroyiga bostirib kirgandi.Boliviyadagi muvaffaqiyatsiz davlat to‘ntarishiga rahbarlik qilgan, quruqlikdagi kuchlarning sobiq qo‘mondoni, general Xuan Xose Suniga esa olti oyga hibsga olindi.
LiveBarchasi