Armanistonda hukumatga qarshi miting bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 11 aprel kuni Yerevandagi Ozodlik maydonida “Birga” ijtimoiy-siyosiy harakati tomonidan hukumatga qarshi miting bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “News Armenia” xabar berdi.

Miting tashkilotchilari va faollari Tog‘li Qorabog‘ning tan olinishi va Armanistonning amaldagi hukumati iste’foga chiqishini talab qilgan. Ular arman xalqini birlashtirish orqaligina har qanday salmoqli natijalarga erisha olishiga ishonch bildirgan.

“Mamlakatimizda yana urush boshlandi va bu urushni yana mamlakatimizga arman xalqi tarixidagi eng katta dushman (Armaniston Bosh vaziri) Nikol Pashinyan olib keldi. 2018 yilda xalqimizning eng halol orzu-istaklari, his-tuyg‘ulari, umidlarini manipulyatsiya qilib, xalqning qonuniy hokimiyatini o‘z qo‘liga oldi. Endi u bu hokimiyatdan arman xalqi dushmanlari manfaatlari yo‘lida, o‘z jamoasi va farovonligi uchun foydalanmoqda”, deydi jamoat va siyosiy arbob Edgar G‘azaryan miting chog‘ida.


Maqola muallifi

Teglar

Armaniston miting Erevan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing