Armanistonda hokimiyatni ag‘darishga urinish bo‘ldi

Olam

image

Armanistonda huquq-tartibot idoralari hokimiyatni egallab olishning oldini olganini aytdi. Bu haqda Tergov qo‘mitasi bayonotiga tayanib, Bosh vazir Nikol Pashinyan ma’lum qildi.

Bildirilishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari “jinoiy oligarxik ruhoniylar”ning Armaniston Respublikasidagi vaziyatni beqarorlashtirish va hokimiyatni egallab olish bo‘yicha keng ko‘lamli va mash’um rejasini yo‘qqa chiqargan.

Hozirda xavfsizlik kuchlari muxolifatdagi “Muqaddas kurash” harakati yetakchisi arxiyepiskop Bagrat Galstanyanning uyida tintuv o‘tkazmoqda. U va uning tarafdorlari hokimiyatni egallash maqsadida teraktlar tayyorlashda ayblanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Nikol Pashinyan Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing