Armanistonda harbiy qismdagi yong‘inda 15 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 19 yanvar kuni Armanistondagi harbiy qismlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda 15 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

“Yong‘in mahalliy vaqt bilan taxminan soat 01:30 da Gexarkunik viloyatining Azat qishlog‘i hududida joylashgan harbiy qismda yuz bergan”, deydi vazirlik vakili Aram Torosyan.

Shuningdek, yana uch nafar askarning ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda. Yong‘in sabablari hozircha aniqlanmagan. Voqea joyida yong‘inni o‘chirish ishlari boshlangan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing