Armaniston yana Ozarbayjonni o‘qqa tutdi

Olam

image

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi bugun, 10 oktyabr kuni respublika Qurolli kuchlarining Armanistonga tutash Dashkesan va Tovuz viloyatlaridagi pozitsiyalari o‘qqa tutilganini ma’lum qildi. 

“10 oktyabr kuni soat 09:55 dan 16:30 gacha Armaniston Qurolli Kuchlari bo‘linmalari Basarkechar viloyatining Garayman va Gunashli, Tovuzgala viloyatining Chinorli aholi punktlari yo‘nalishlarida joylashgan pozitsiyalardan Tovuz viloyatining Tezekend va Tovuz viloyatining Agbuloq aholi punktlari yo‘nalishida turli kalibrli o‘q o‘qotar qurollardan Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini vaqti-vaqti bilan o‘qqa tutdi”, deyiladi xabarda. 

Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Ozarbayjon armiyasining ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda joylashgan bo‘linmalari “tegishli javob choralarini” ko‘rgan.

6 oktyabr kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Chexiya poytaxti Pragada Yevropa siyosiy hamjamiyatining birinchi sammiti doirasida Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel ishtirokida Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Yevropa Ittifoqi Ozarbayjon bilan chegarasini delimitatsiya qilishda yordam berish uchun Armanistonga missiya yuborishiga kelishildi.

“Missiya oktyabr oyida boshlanadi va maksimal ikki oy davom etadi. Missiyaning maqsadi ishonchni mustahkamlash va o‘z hisobotlari bilan chegarani delimitatsiya qilish komissiyalari faoliyatiga hissa qo‘shishdan iborat”, deyiladi uchrashuv so‘ngida qabul qilingan bayonotda.

Shuningdek, uchrashuvdan keyin Armaniston oktyabr oyi oxirida Bryusselda Ozarbayjon bilan davlat chegarasini delimitatsiya qilish bo‘yicha komissiya yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Odatda uchrashuvlar vaqtida miq etmaydigan Pashinyan yana Aliyev va boshqalarning yuziga aytolmagan gaplarini tvitterdan to‘kib soldi. 

“Pragada men barcha mintaqaviy aloqalarni blokdan chiqarish haqidagi taklifimizni yana bir bor tasdiqladim. Ozarbayjon yana ijobiy javob bermadi. Takror aytaman, Armaniston suverenitetimiz va qonunchiligimizni to‘liq hurmat qilgan holda barcha mintaqaviy kommunikatsiyalarni blokdan chiqarishga tayyor”, deydi Pashinyan.

Ilhom Aliyevning aytishicha, Baku va Yerevan o‘rtasida tinchlik shartnomasi shu yil oxirigacha imzolanishi mumkin. Uning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv bo‘yicha tashabbuslar osonlik bilan olg‘a siljayotgani yo‘q, biroq kelishuvga umid bor.

“Armaniston tomoni yaxshi niyatda bo‘lsa, yil oxirigacha tinchlik shartnomasi imzolanishi mumkin. O‘ylaymanki, agar yaqin orada qaror qabul qilinsa, ikki davlat ishchi guruhlari tinchlik shartnomasi matni ust


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon-Armaniston

Baholaganlar

75

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing