Armaniston yana Ozarbayjon pozitsiyalarini o‘qqa tutdi

Olam

image

Bugun, 9 iyulga o‘tar kechasi Armaniston Qurolli kuchlari bo‘linmalari Ozarbayjon armiyasining Kalbajar viloyati va Naxchivan muxtor respublikasidagi pozitsiyalarini o‘qqa tutdi. Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Aytilishicha, Armaniston hududidan Kalbajar viloyatining Bozikarxon va Demirchidam aholi punktlari, shuningdek, Naxchivanning Ordubod viloyati yo‘nalishida turli kalibrli o‘q uzilgan.

Bundan tashqari, Rossiya harbiylari vaqtincha joylashgan Ozarbayjon hududlarida harakat qilayotgan noqonuniy arman qurolli guruhlari a’zolari faollashgan. 8 iyulga o‘tar kechasi Ozarbayjon armiyasining Shusha shahri va Kalbajar viloyati yo‘nalishidagi pozitsiyalari o‘qqa tutilgan.

Ozarbayjon armiyasi bu hududlarning barchasida tegishli javob choralarini ko‘rgan.

Shuningdek, Armaniston Qurolli kuchlariga qarashli kvadrokopterlar (to‘rtta aylanadigan dvigatel tomonidan boshqariladigan dron turi) tomonidan Naxchivan muxtor respublikasi va Lochin viloyati hududida joylashgan Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalari hamda noqonuniy arman qurolli guruhlariga tegishli kvadrokopter orqali Ozarbayjon Qurolli Kuchlari bo‘linmalarining Xo‘javand viloyati Tagaverd qishlog‘i yo‘nalishidagi pozitsiyalari ustidan razvedka parvozlarini amalga oshirishga urinishlar sodir etilgan. Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida kvadrokopterlar faoliyati to‘xtatilgan.

Shu bilan birga, noqonuniy arman qurolli guruhlari tomonidan turli yo‘nalishlarda ta’minot yo‘llarini kengaytirish, xandaklar qazish, muhandislik texnika vositalarini jalb qilgan holda boshpana tayyorlash, shuningdek, jangovar pozitsiyalarga kuzatuv kameralarini o‘rnatishga urinishlariga chek qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing