Armaniston o‘z majburiyatlarini bajarmayapti – Ilhom Aliyev

Olam

image

Armaniston Ozarbayjonga Naxchivan muxtoriyati bilan yo‘lak yaratish imkoniyatini bermayapti va o‘z qo‘shinlarini Rossiya kontingenti vaqtincha joylashgan Ozarbayjon hududlaridan olib chiqmayapti. Bu haqda bugun, 27 aprel kuni Bakuda Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri Ketrin Kolonani qabul qilgan Prezident Ilhom Aliyev aytib o‘tdi.

Aliyev Ikkinchi Qorabog‘ urushidan so‘ng aynan Baku Yerevanga hududiy yaxlitlik va suverenitetni o‘zaro tan olgan shartnoma imzolashni taklif qilganini, shundan so‘ng u Armanistonga uzoq muddatli tinchlikning 5 ta asosiy tamoyilini rasman taqdim etganini eslatgan. Ozarbayjon rahbarining aytishicha, Armaniston o‘z majburiyatlarini bajarmayapti.

Davlat rahbari armanlar Ozarbayjonning Qorabog‘ iqtisodiy rayoniga qurol-yarog‘, o‘q-dorilar va boshqa harbiy texnikalarni olib o‘tish uchun Lochin yo‘lagidan foydalanganiga e’tibor qaratgan. 

“Lochin-Xonkendi yo‘liga kiraverishda Armaniston bilan chegarada nazorat-o‘tkazish punktining ochilishi Ozarbayjonning suveren huquqidir”, degan Aliyev.

O‘z navbatida Fransiya Tashqi ishlar vaziri Aliyevga Fransiya yetakchisi Emmanuel Makronning salomini yetkazgan. Uning qayd etishicha, Fransiya Ozarbayjon va butun Janubiy Kavkaz mintaqasida tinchlik, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish tarafdori.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Lochin yo‘lagiga Ozarbayjon tomonidan nazorat-o‘tkazish punkti o‘rnatilishi ortidan Armaniston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyani vaziyatga aralashishga chaqirgandi. Bu orada AQSH Yerevan va Bakuga muzokaralarni davom ettirishda yordam berishga tayyor ekanini bildirgandi. Rossiya tomoni esa vaziyatga qo‘p oylik harakatsizlik sabab bo‘lganini aytib o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Armaniston Aliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing