Armaniston tashkilotning a’zosi bo‘lib qolmoqda – KXSHT 

Olam

image

Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanning tashkilotdan chiqish ehtimoli haqidagi so‘nggi bayonotlari fonida Yerevan uning to‘laqonli a’zosi bo‘lib qolmoqda, deb hisoblamoqda. Bu haqda KXSHT kotibiyati ma’lum qildi.

“Biz Armaniston Respublikasining KXSHT tadbirlaridagi ishtiroki sezilarli darajada qisqarganiga qaramay, u tashkilotning to‘laqonli a’zosi bo‘lib qolayotganidan kelib chiqamiz”, deb ta’kidladi KXSHT kotibiyati Pashinyanning so‘zlariga izoh berish so‘roviga javoban.

Shuningdek, kotibiyat Armaniston Tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyanning tushuntirishlariga e’tibor qaratdi. Unga ko‘ra, Pashinyan Armaniston KXSHTdan chiqayotganini nazarda tutmagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Pashinyan KXSHT bilan munosabatlardagi navbatdagi mantiqiy qadam tashkilotdan chiqish bo‘lishini aytgandi. Shuningdek, Aleksandr Lukashenko davrida u ham, mamlakatning boshqa rasmiylari ham Belarusga bormasligini ta’kidladi. Pashinyan o‘z pozitsiyasini “KXSHT yetakchilaridan biri 44 kunlik urushni tayyorlashda ishtirok etganini, Ozarbayjonga g‘alaba qozonishini rag‘batlantirganini, ishonganini, tilaganini ta’kidlagani” bilan izohladi.


Maqola muallifi

Teglar

Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing