Armaniston Ozarbayjon o‘qidan bir askar yaralanganini iddao qildi
Olam
−
30 noyabr 2022
1633Ozarbayjon qurolli kuchlari arman qo‘shinlarining jangovar pozitsiyalarini o‘qqa tutdi, bir harbiy xizmatchi yaralandi. Bu haqda Armaniston Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
“29 noyabr kuni soat 17:50 atrofida Armaniston-Ozarbayjon chegarasining sharqiy qismida joylashgan jangovar pozitsiyada dushman tomonidan o‘q uzilishi natijasida harbiy xizmatchi A.Z. o‘qdan yaralangan”, deyiladi mamlakat Mudofaa vazirligi xabarida.
Armaniston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchining sog‘lig‘i qoniqarli deb baholanayotgani va hayotiga hech qanday xavf yo‘qligini ta’kidladi.
Ushbu bayonotga nisbatan rasmiy Baku zudlik bilan javob qaytardi. Qayd etilishicha, Yerevanning iddaolari haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
“Biz Armaniston Mudofaa vazirligi tarqatgan ma’lumotni qat’iyan rad etamiz”, deyiladi Ozarbayjon Mudofaa vazirligi xabarida.
LiveBarchasi