Armaniston Ozarbayjon pozitsiyasini o‘qqa tutdi

Olam

image

Armaniston Qurolli kuchlari tomonidan Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalari o‘qqa tutildi. Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bugun, 16 avgust kuni taxminan soat 03:20 da Armaniston Qurolli kuchlari bo‘linmalari Ozarbayjon qo‘shinlarining Naxchivon Muxtor Respublikasi Sadarak viloyati yo‘nalishida joylashgan pozitsiyalariga o‘q uzgan.

Vazirlik Ozarbayjon armiyasining bo‘linmalari ushbu yo‘nalishda tegishli javob choralarini ko‘rganini ma’lum qildi.

Qayd etish joizki, kecha, 15 avgust kuni taxminan soat 18:10 da ham Armaniston Qurolli kuchlari bo‘linmalari Naxchivon Muxtor Respublikasining Xansa aholi punktida joylashgan Ozarbayjon qo‘shinlarining pozitsiyalariga qarata o‘q uzgan edi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Ozarbayjon va Eron chegarasidagi otishma oqibatida ikki ozarbayjonlik chegarachi yaralangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing