Armaniston-Ozarbayjon mojarosi: arman askari yaralangani aytildi
Olam
−
11 yanvar 2022 4163 1 daqiqa
Arman harbiy xizmatchisi ozarbayjonlik harbiy tomonidan yaralandi. Bu haqda
Armaniston Mudofaa vazirligi xabar bergan.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa Kalbajar yo‘nalishida sodir bo‘lgan. Yerevanga ko‘ra, hozirda u yerda vaziyat barqaror.
Shuningdek, bugun, 11 yanvar kuni erta tongda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston bilan chegaradagi ushbu hududda o‘z askarining halok bo‘lgani haqida ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjon Mudofaa vazirligi 7 yanvar kuni Armaniston bilan chegarada navbatdagi provokatsiya haqida xabar bergandi.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yilning 14 dekabr kuni Belgiyaning Bryussel shahrida Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel tashabbusi bilan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan o‘rtasida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazildi. Ozarbayjon Prezidenti besh soat davom etgan bu muzokaralarni konstruktiv deya baholadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025