Armaniston KXSHTdan butunlay chiqadi, agar... 

Olam

image

Agar KXSHT Yerevan tomonidan berilgan savollarga javob bermasa, Armaniston tashkilotdan chiqadi. Bu haqda bugun, 12 mart kuni Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Biz aslida KXSHTdagi ishtirokimizni muzlatib qo‘ydik va yig‘ilishlarda qatnashmayapmiz. Biz faqat bitta savolga javob kutamiz: tashkilotning Armanistondagi mas’uliyat sohasi nima. Barcha muammolar Yerevan bu masalani ko‘targan paytdan boshlandi. Agar KXSHT Armanistonda tashkilot mas’uliyat zonasi qayerda degan savolga javob bersa va bu javob Armanistonning qarashlariga to‘g‘ri kelsa, biz o‘rtamizdagi masala hal bo‘lgan deb hisoblaymiz. Aks holda, Armaniston KXSHTdan chiqadi. Qachon? Ayta olmayman”, deydi Pashinyan.

Kreml voizi Dmitriy Peskov esa Rossiya Federatsiyasi Armanistondan rossiyalik chegarachilarning Yerevan aeroportidagi ishini to‘xtatish to‘g‘risida idoraviy bildirishnoma olganini ma’lum qilgan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi esa Yerevanning KXSHT tadbirlaridagi ishtiroki dinamikasi pasayganini, bu "do‘st arman xalqi manfaatlariga javob bermasligi"ni ta’kidladi. Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, Moskva Yerevandan majburiyatlarni bajarish va qo‘shma integratsiya tuzilmalarida, jumladan KXSHTda ishtirok etish bo‘yicha javob olishga umid qilmoqda. Shu bilan birga, Yerevanning Rossiya Federatsiyasi bilan yaqinlashish bo‘yicha dastlab qabul qilingan kursning xato bo‘lgani haqidagi bayonotlari ikki tomonlama munosabatlarni jiddiy qayta ko‘rib chiqishga olib kelishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Pashinyan 23 fevral kuni Armanistonning KXSHTdagi ishtiroki muzlatilganini e’lon qilgandi. Armaniston Bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi Yerevanga nisbatan, ayniqsa, 2021-2022 yillarda o‘z vazifasini amalga oshirilmagan va mamlakat buni e’tibordan chetda qoldirolmaydi. Shu munosabat bilan Armanistonning kelishuvdagi ishtiroki to‘xtatildi. KXSHT kotibiyatining ma’lum qilishicha, tashkilot Armaniston ishtirokining to‘xtatilgani to‘g‘risida bildirishnoma olmagan. Kotibiyat gap tashkilot tadbirlarida qatnashmaslik haqida ketayotganini tan oldi. Armaniston parlamenti spikeri Alen Simonyan mamlakat Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarni chuqurlashtirishga va YeI a’zoligiga nomzod bo‘lishga tayyor ekanini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Nikol Pashinyan Armaniston Erevan KXShT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing