Armaniston kelishuvni buzdi. Chegarada yana otishma

Olam

image

3-4 noyabr kunlari Ozarbayjon Qurolli kuchlarining Armaniston bilan chegaradagi pozitsiyalari o‘qqa tutildi. Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi xabar berdi. 

“3 noyabr kuni 20:15 Armaniston Qurolli kuchlari bo‘linmalari Basarkechar rayonining Yuqori Sho‘rja aholi punkti yo‘nalishida o‘z pozitsiyalaridan Ozarbayjon armiyasining Kalbajar rayoni Bezirxon aholi punkti yo‘nalishidagi pozitsiyalariga qurollardan o‘q uzdi”, deyiladi harbiy idora matbuot xizmati xabarida. 

Shuningdek, idora 4 noyabrga o‘tar kechasi ham respublika armiyasining Armaniston bilan chegaradagi pozitsiyalari o‘qqa tutilgani haqida xabar qildi. 

“3 noyabrdan 4 noyabrga o‘tar kechasi Armaniston Qurolli kuchlari bo‘linmalari Basarkechar rayonining Azizli va Yuqori Sho‘rja aholi punktlari yo‘nalishida o‘z pozitsiyalaridan Ozarbayjon armiyasining Kalbajar rayoni Yellij va Mollabayramli aholi punktlari yo‘nalishda pozitsiyalarini besh soat davomida turli kalibrli qurollardan o‘qqa tutdi”, deyiladi ikkinchi xabarda. 

Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, har ikki holatda ham Ozarbayjon armiyasining ko‘rsatilgan yo‘nalishda joylashgan bo‘linmalari tegishli javob choralarini ko‘rgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 31 oktyabr kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiyaga borib, Sochiga Prezident Vladimir Putin ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Unda tomonlar qo‘shma bayonot qabul qilib, kuch ishlatishdan va uni qo‘llash bilan tahdid qilishdan tiyilishga kelishib oldi. Yuqoridagi xabarlardan ko‘rinib turibdiki, Armaniston kelishuvga amal qilayotgani yo‘q. 


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon-Armaniston

Baholaganlar

57

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing