Armaniston Qozog‘istondagi vaziyatdan xavotirda

Olam

image

Armaniston Tashqi ishlar vazirligi terrorchi guruhlarning Qozog‘istonga kirib borishi haqidagi xabarni xavotirli deb atadi. Bu haqda vazirlik xabariga tayanib xabar berilgan.

“Qozog‘istondagi qurolli to‘qnashuvlarni xavotir bilan kuzatmoqdamiz. Terrorchi guruhlarning kirib kelishi haqidagi xabar xavotir uyg‘otmoqda. Biz zo‘ravonlikni keskin qoralaymiz va u siyosiy muammolarni hal qilish yo‘li bo‘la olmasligiga ishonchimiz komil”, deyiladi tashkilot saytida. 

TIV keyingi to‘qnashuvlarning oldini olish va mamlakatda tinch siyosiy jarayonlar, jumladan, fuqarolarning tinch mitinglarini o‘tkazish va so‘z erkinligi huquqini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bag‘rikenglik muhitini tiklash bo‘yicha choralar ko‘rish zarurligini qayd etgan. 

Eslatib o‘tamiz, Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotining tinchlikparvar kuchlari Qozog‘istonga jo‘natildi, Rossiya kontingentining ilg‘or bo‘linmalari o‘z vazifalarini bajarishga kirishdi. Tinchlikparvar kuchlar tarkibiga Rossiya, Belarus, Armaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston Qurolli Kuchlari bo‘linmalari kirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'istondagi vaziyat

Baholaganlar

233

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing