Armaniston Qorabog‘dagi urushda qancha zarar ko‘rgani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Tog‘li Qorabog‘dagi jangovar harakatlar paytida yo‘q qilingan Armaniston Qurolli Kuchlari harbiy texnikasining narxi minimal hisobda 3,8 milliard dollarni tashkil etadi. Bu haqda Ozarbayjonning Iqtisodiy islohotlarni tahlil qilish va kommunikatsiya markazi bo‘limi boshlig‘i Ayaz Museibov aytib o‘tdi.

“Qorabog‘ urushida yo‘q qilingan Armanistonning harbiy texnikasi va undagi xarajatlar kamida 3,8 milliard dollarni tashkil etadi”, deydi Museibov. 

Unga ko‘ra, joriy yilda Armanistonning harbiy xarajatlar 716 million dollar etib tasdiqlangan.

“44 kun ichida Armaniston harbiy ehtiyojlar uchun yillik xarajatlaridan 5,3 baravar ko‘p zarar ko‘rdi. Hisob-kitoblar va iqtisodiy ko‘rsatkichlar shuni ko‘rsatadiki, Armanistonning amaldagi harbiy budjetining harbiy infratuzilmasini tiklash uchun 38 yil vaqt kerak bo‘ladi”, deydi u.

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev kecha, 12 dekabr kuni mamlakat xalqiga qilgan murojaatida joriy yilning 27 sentyabridan 10 noyabrga qadar davom etgan to‘qnashuvlarda Ozarbayjon Qurolli Kuchlari tomonidan Armaniston armiyasining yo‘q qilingan qurol-aslahalari haqida ma’lumot berdi. Bular:

Tankga qarshi qurollar – 53 dona, “Smerch” – 4 dona, “Grad” – 97 dona, “Uragan” – 2 dona, RSZO – 1 dona, TOS – 1 dona,  S-300 “Fovorit” zenit-raketa tizimi – 7 ta raketa, “Mudofaa” radiolokatsion stansiyasi – 1 ta,  “TOR” zenit-raketa tizimi – 5 ta,  “Osa” zenit-raketa tizimi – 40 ta, “KUB” zenit-raketa tizimi – 4 ta, “KRUG” zenit-raketa tizimi – 1 ta, "Zastava" zenit-raketa tizimi – 14 ta, S-125 zenit-raketa tizimi – 2 birlik, uchuvchisiz uchish vositalari – 22 ta, Elbrus operativ-taktik raketa tizimi – 2 ta, ballistik raketa – 1 ta, Tochka-U raketa tizimi – 1 ta, radioelektron jangovar texnika – 5 ta, “R-142” qo‘mondonlik-shtab transporti – 2 birlik, “Nebo-M” radar stansiyasi – 1 dona, turli radarlar – 7 ta, “Repellent” elektron urush tizimi – 4 ta. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 noyabr kuni Rossiya va Ozarbayjon Prezidentlari Vladimir Putin, Ilhom Aliyev hamda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatish to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzoladilar.


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Aliev

Baholaganlar

374

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing