Armaniston Fransiyadan sifatsiz qurollar sotib olgan – OAV
Olam
−
15 fevral
9789Armaniston tomonidan Hindiston, Fransiya va boshqa davlatlardan sotib olingan qurol-yarog‘, o‘q-dorilar va jihozlar arman armiyasi standartlariga javob bermaydi yoki sifatsizdir. Bu haqda Armanistonning “Past” nashri xabar berdi.
“Fransiyadan sotib olingan radar qurilmalari talablarga javob bermaydi, Fransiya tomoni esa Armanistonga ushbu qurilmalar tomonidan aniqlangan nishonlarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan raketalarni sotmaydi. Fransiyada sotib olingan harbiy mashinalarga kelsak, ularning sifati pastligi bir necha bor tilga olingan. Ukraina tomonining ulardan voz kechishi ham shundan dalolat beradi”, deyiladi maqolada.
Hindistondan qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar sotib olishga kelsak, harbiy ekspertlarning fikricha, arman armiyasida ularni boshqarish uchun tajriba va zarur ko‘nikmalar yetishmaydi.
“Umumarmaniya fronti” harakati yetakchisi, sobiq mudofaa vaziri Arshak Karapetyan yaqinda bu davlatlardan yetkazib berilayotgan qurollarning sifatsizligi haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qurol sotib olish bo‘yicha imzolagan ba’zi shartnomalar amaldagi hokimiyat tomonidan bekor qilingan. Gap, xususan, Serbiya bilan bir necha yuz million dollarlik qurol va o‘q-dorilarni sotib olish bo‘yicha shartnoma haqida bormoqda.
Nashrning yozishicha, Serbiya qurollarini sotib olish bo‘yicha shartnoma hozirgi rasmiylar bekor qilgan yagona shartnoma emas.
Nashrning qayd etishicha, Armanistonning amaldagi Mudofaa vaziri Suren Papikyanning armiya Hindiston, Fransiya va boshqa davlatlardan xarid qilish orqali zarur qurollar bilan ta’minlanayotgani haqidagi so‘nggi bayonoti arman jamiyatini chalg‘itishga urinishdir.
“U arman jamiyatini shunday bayonotlar bilan hayratga solishga urinmoqdaki, go‘yo armiya Rossiya yetkazib berishdan bosh tortib, zamonaviy qurol va o‘q-dorilar bilan qurollanyapti”, deyiladi maqolada.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Yerevan harbiy-texnikaviy hamkorlik uchun yangi sheriklar qidiryotganini aytgandi.
LiveBarchasi