Armaniston endi Rossiyani “strategik sherik” deb hisoblamaydi – Pashinyan

Olam

image

Armaniston hukumatning yaqin besh yilga mo‘ljallangan dasturida Rossiya bilan munosabatlar shaklini o‘zgartirdi. Mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyan uni endi strategik hamkor deb hisoblamaslik uchun asoslar paydo bo‘lganini aytdi. Bu haqda Pashinyan bugun, 27 avgust kuni Yerevanda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida so‘z ochdi.

“Agar hozir “strategik hamkorlik” deb yozsak, siz nega Rossiya va KXSHT 2022 yil sentyabrida xavfsizlik sohasidagi majburiyatlarini bajarmaganini so‘raysiz”, deydi Pashinyan.

Hukumat dasturida aytilishicha, Rossiya bilan hamkorlik muvozanatlashgan tashqi siyosatning yangi sharoitida transformatsiyalanadi. 

Bungacha Pashinyan mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlardagi o‘zgarishlar tabiiy jarayon ekanini, chunki Yerevan va Baku o‘rtasida allaqachon tinchlik o‘rnatilganini ta’kidlagan. 

“Armaniston, eng avvalo, Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun rasmiy ariza topshirishi kerak. Bu ham keng ko‘lamli mehnatni talab qiladigan jarayondir”, deydi hukumat rahbari.

Ma’lumot uchun, 2022 yil sentyabrida Ozarbayjon bilan urush boshlanganidan so‘ng Armaniston KXSHT ustavining 4-moddasiga muvofiq tashkilotga murojaat qilgan edi. Unga ko‘ra, bir mamlakatga qilingan tajovuz blokning barcha a’zolariga hujum sifatida qaraladi. Ammo KXSHT vaziyat yomonlashganidan “xavotir” bildirgan va Armanistonga “hamdardlik” izhor etgan bayonot bilangina cheklandi. Armaniston 2024 yilda KXSHTdagi ishtirokini muzlatdi va tashkilotni moliyalashtirishdan bosh tortdi. 

Shuningdek, Armaniston 2026 yil bahorida Rossiya tomonidan savdo cheklovlari joriy etilganidan so‘ng o‘z eksportini boshqa yo‘nalishlarga bura boshladi. Bahordan beri Rossiya Armaniston tovarlari importini chekladi: mevalar, sabzavotlar, ko‘katlar, gullar, mineral suv, spirtli ichimliklar, shuningdek, sut va baliq mahsulotlari taqiq ostiga tushdi. Oqibatda yanvar–iyun oylarida Rossiya va Armaniston o‘rtasidagi tovar aylanmasi 20,9 foizga – 3,33 milliard dollardan 2,63 milliard dollargacha tushib ketdi. Bir vaqtning o‘zida, birinchi yarim yillikda Armaniston Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksportini 80 foizga oshirdi – 287 million dollarga nisbatan 516 million dollarga yetkazdi. Yevropa Ittifoqi, shuningdek, Armanistonga eksportni qayta yo‘naltirish uchun 52 million yevro yordam ajratdi va tovarlarning 80 foiz uchun bojxona to‘lovlarini bekor qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan agar KXSHT mamlakatni o‘z tarkibidan chiqarib yuborsa, bundan faqat xursand bo‘lishini aytgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing