Armaniston Bosh vaziri Moskvada o‘tadigan G‘alaba paradiga bormasligini aytdi
Olam
−
19 iyun 2020
6081Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan respublikadagi epidemiologik vaziyat tufayli Moskvada o‘tadigan G‘alaba paradiga bora olmasligini ma’lum qildi.
"Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarda qatnasha olmasligimdan afsusdaman. Ma’lumki, men sizning taklifingizni katta mamnuniyat bilan qabul qildim va ushbu tadbirlarda qatnashish uchun Moskvaga borishni rejalashtirdim. Ma’lum bo‘lishicha, hozirgi epidemiologik vaziyat bu tashrifni amalga oshirishga imkon bermaydi. Shunga asoslanib, men Moskvaga qiladigan safarimdan bosh tortishga qaror qildim”, dedi Pashinyan Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga yo‘llagan maktubida.
Bosh vazir yubiley paradida qatnashish uning uchun katta sharaf bo‘lishini ta’kidladi. "Ishonchim komilki, millionlab fuqarolarimiz ushbu tantanali tadbirni, 1945 yilda, bizning bobolarimiz Qizil maydonda g‘ururli qadamlar qo‘yganlarida, kuzatib boradilar. Ulug‘ Vatan urushidagi g‘alaba - bizning umumiy merosimiz. Bu xotiralar xalqlarimizni birlashtiradi va mustahkam qiladi. Kelajak avlodlar do‘stligining poydevoriga aylanadi”, deyiladi maktubda.
U "mamlakatlar o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlarining kun tartibidagi masalalarni muhokama qilishga imkon beradigan" yaqin o‘rtada bo‘ladigan uchrashuvga umid bildirdi.
LiveBarchasi