Armaniston ayollarni harbiy xizmatga chaqirmoqchi
Olam
−
11 yanvar 2023 8173 1 daqiqa
Armaniston Mudofaa vaziri o‘rinbosari Arman Sarkisyan ayollarning otish kurslariga bo‘lgan qiziqishi yuqoriligini hisobga olib, ayollarni ixtiyoriy ravishda harbiy xizmatga chaqirish masalasi ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi.
“Hozirda tegishli qonun loyihasi muhokama qilinmoqda. Endi faqat shuni aytishim mumkinki, harbiy xizmatga chaqiruv ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi”, deya vazir o‘rinbosarining so‘zlaridan iqtibos keltirgan “Armenpress” agentligi.
Sarkisyanning ta’kidlashicha, maqsad mamlakat mudofaa qobiliyatiga hissa qo‘shishni xohlovchi ayollar salohiyatidan foydalanishdir.
Armanistonning amaldagi qonunchiligiga ko‘ra, 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan erkaklar 2 yil muddatga, 27 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan erkaklar esa safarbarlik davrida muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi mumkin.
Live
Barchasi