Armaniston hech qanday shartlarsiz Turkiya bilan chegarani ochmoqchi 

Olam

image

Armaniston Turkiya bilan hech qanday shartlarsiz munosabatlarni normallashtirishga va chegarani ochishga tayyor. Bu haqda parlament yig‘ilishida vitse-spiker Akop Arshakyan ma’lum qildi.

“Bizning pozitsiyamiz o‘zgarmadi. Armaniston chegaralarni ochishga va Turkiya bilan hech qanday shartlarsiz munosabatlarni normallashtirishga kirishishga tayyor. Bu Armaniston va arman xalqi manfaatlaridan kelib chiqadi”, degan Arshakyan. 

Joriy yilning 14 yanvar kuni Moskvada Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko vositachiligida munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha Armaniston va Turkiya maxsus vakillarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ular mushtarak tomonlarni aniqlash maqsadida konstruktiv va siyosatdan holi tarzda muloqot qilishga kelishib oldi. 

Ma’lumot o‘rnida, 1993 yilda Turkiya bir tomonlama ravishda Armaniston bilan havo va quruqlik chegaralarini yopdi. Havo chegarasi 1995 yilda xalqaro hamjamiyat bosimi ostida ochilgan. 2008 yilda Armaniston-Turkiya munosabatlarini normallashtirishning yangi bosqichi boshlandi. 2009 yil 10 oktyabrda Syurixda ikki davlat Tashqi ishlar vazirlari “Armaniston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida”gi va “Armaniston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish to‘g‘risida”gi bayonnomalarni imzoladi. 

2018 yil 1 mart kuni Armaniston protokollar bekor qilinganini e’lon qildi. Armaniston va Turkiya 2021 yilda kelishuv masalalari bo‘yicha maxsus vakillarni tayinladi. Turkiyaning AQSHdagi sobiq elchisi Serdar Qilich Anqaraning maxsus vakili bo‘ldi, Yerevandan esa parlament raisi o‘rinbosari Ruben Rubinyan maxsus vakil bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya

Baholaganlar

99

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing