Turk armiyasi Iroq shimolida 2 nafar terroristni yo‘q qildi

Olam

image

Turk qurolli kuchlari Iroq shimolida PKK terror tashkilotining ikki jangarisini zararsizlantirdi. Bu haqda bugun, 17 dekabr kuni Turkiya milliy mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Jangarilar Penche-Kilit aksilterror operatsiyasi zonasida yo‘q qilingan.

Avvalroq, Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an PKK jangarilari Turkiyada ko‘pgina terakt uyushtirgani, 1984 yildan buyon Turkiya xavfsizlik kuchlarining minglab xodimlari, harbiylar va tinch aholi vakillari bu qonli tashkilot qo‘lidan halok bo‘lgani haqida aytgandi.

Shuningdek, AQSH va Yevropa Ittifoqi PKK'ni terror tashkilotlari ro‘yxatiga kiritdi.

Suriyada esa PKK terroristlari o‘zlarini PYD va YPG nomlari bilan yopib, so‘nggi ikki yil ichida o‘zlarini “Suriya Demokratik Kuchlari” deb atadi.

Eronda PKK Kurdiston erkin hayot partiyasi sifatida faoliyat yuritib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya PKK

Baholaganlar

58

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing