“Arqadag‘” vazir o‘rinbosarini hech qanday izohsiz ishdan oldi

Olam

image

Kecha, 12 yanvar kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakat Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi. Davlat rahbari yig‘ilishda sabablarini tushuntirmasdan, politsiya podpolkovnigi Mirat Babaguliyevni Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod qildi. Bu haqda TDX davlat axborot agentligi xabar bergan.  

Ta’kidlanishicha, Ashxobod politsiya boshqarmasi boshlig‘i, mayor Vepali Atayev Ichki ishlar vazirining yangi o‘rinbosari etib tayinlangan. O‘z navbatida, Ashxobod politsiya boshqarmasi boshlig‘i etib mayor Merdan Muhammetmiradov tayinlangan. 

Ma’lumot o‘rnida, ishdan bo‘shatilgan podpolkovnik Prezident tomonidan 2021 yil avgust oyida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan. Shunday qilib, Babaguliyev bu lavozimda olti oydan kamroq vaqt ishlagan. 

Avvalroq, Berdimuhamedov “Do‘zax darvozalari”ni o‘chirishni buyurgani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Turkmaniston

Baholaganlar

422

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing