“Arqadag‘” O‘zbekistonga keladi
Olam
−
07 Sentabr 2021 11847 1 daqiqa
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda “Oltin asr” davlat axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 6 avgust kuni Gurbanguli Berdimuhamedov Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishini o‘tkazgan. Yig‘ilishda Prezident O‘zbekiston bilan konstruktiv muloqot o‘rnatishda alohida o‘rin tutadigan savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bo‘yicha turkman-o‘zbek qo‘shma komissiyasining navbatdagi masjlisiga puxta tayyorlanish kerakligini ta’kidlagan.
Shuningdek, yig‘ilishda "Arqadag‘" tez orada davlat rahbari boshchiligidagi Turkmaniston hukumati delegatsiyasi O‘zbekistonga safar qilishini qo‘shimcha qilgan. U tashrif davomida qator hujjatlar imzolanishini ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, Turkmaniston Prezidenti so‘nggi bor 2019 yil noyabr oyida O‘zbekistonga tashrif buyurgandi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr