“Arqadag‘” o‘g‘li Serdarni o‘ziga o‘rinbosar etib tayinladi
Olam
−
12 fevral 2021
14745Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘g‘li Serdar Berdimuhamedovni Sanoat va qurilish ishlab chiqarish vaziri lavozimidan ozod qilib, Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari etib tayinladi. Bu haqda "Orient" xabar berdi.
Berdimuhamedov Vazirlar Mahkamasi raisining yana bir rais o‘rinbosari lavozimini joriy qildi va uni Davlat xavfsizlik kengashiga kiritib, Oliy nazorat palatasi raisi etib tayinladi. Bu lavozimga Serdar Berdimuhamedov tayinlandi.
Bosh vazirning yangi o‘rinbosari, shuningdek, davlat boshqaruvi tizimida, moliya-iqtisodiy sektorda va ijtimoiy sohada raqamlashtirish va innovatsion texnologiyalarni joriy qilish uchun javobgar bo‘ladi.
Prezidentning yangi lavozim maqomi to‘g‘risidagi farmoniga binoan Vazirlar Mahkamasida Nazorat bo‘limi tashkil etiladi.
Ma’lumot uchun, Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘zi Turkmaniston Vazirlar Mahkamasining raisi hisoblanadi.