“Arqadag‘” Turkmanistonning Markaziy Osiyodagi eng yaqin sherigini ochiqladi

Olam

image
0:00
0:00
download

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali suhbat o‘tkazdi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Gurbanguli Berdimuhamedovning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston Markaziy Osiyoda Turkmanistonning asosiy sherigi hisoblanadi.

“Ikki mamlakat Prezidentlari Qozog‘iston-Turkmaniston ko‘p qirrali hamkorligini rivojlantirish istiqbollari, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklikni mustahkamlash bo‘yicha atroflicha fikr almashdilar”, deyiladi xabarda.

Telefon orqali suhbat chog‘ida To‘qayev Qozog‘iston ikki mamlakat qardosh xalqlari manfaatlari yo‘lida Turkmaniston bilan ko‘p tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirishga tayyorligini e’lon qilgan.

Prezidentlar o‘zaro savdo hajmini oshirish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport va logistika sohalarida loyihalarni amalga oshirish uchun Qozog‘iston va Turkmanistonning sa’y-harakatlarini birlashtirishga tayyor ekanliklarini tasdiqlagan.

Qozog‘iston Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi konsultativ uchrashuvini agar bu borada yakdillik bo‘lsa, Turkmaniston poytaxtida o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Gurbanguli Berdimuhamedov Qosim-Jomart To‘qayevni ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilish va muhim kelishuvlarni imzolash uchun Turkmanistonga taklif qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Turkmaniston

Baholaganlar

396

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing