“Arqadag‘” Turkmanistondagi uchinchi eng yuqori lavozimni egalladi

Olam

image

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov yangi ikki palatali parlament — Milliy kengashning Xalq maslahati (yuqori) palatasi raisi etib saylandi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar bermoqda.

Berdimuhamedov ushbu lavozimga yuqori palataning kecha, 14 aprel kuni bo‘lib o‘tgan birinchi majlisidagi yashirin ovoz berish natijalari bo‘yicha saylandi.

“Men bu voqeani ulkan hurmat va butun xalq oldidagi katta mas’uliyat deb qabul qilaman. Men palatalar va bir butun parlament to‘liq ishlashi uchun har tomonlama yordam beraman”, degan Prezident.

Xalq maslahati tarkibiga 56 kishi kiradi. Ularning 48 nafari 28 mart kuni o‘tkazilgan umumxalq saylovida saylangan. Yana 8 a’zoni Prezident tayinlaydi. Turkmanistonning sobiq Prezidentlari o‘z xohishiga ko‘ra Xalq maslahatining a’zolari bo‘ladi.

Yangi parlamentning faoliyati boshlanishiga atab Xalq maslahati apparati binosi ochildi. Balandligi 31,36 metr va uzunligi 112 metr bo‘lgan majmua maydoni 6,39 gektar bo‘lgan hududda joylashgan.

Milliy kengash — parlamentning umumiy nomi, u ikki palatadan — Xalq maslahati (yuqori) va Xalq majlisidan (quyi) iborat. Mamlakatda ikki palatali parlament tuzish qarori 2020 yil sentyabrda qabul qilingandi.

Avvalroq, Gurbanguli Berdimuhammedov Turkmaniston konstitutsiyasiga zid ravishda Xalq Maslahati Milliy Kengashi a’zoligiga saylangani xabar qilingandi.

Ma’lumot uchun, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasiga ham "Arqadag‘" raislik qiladi. Shu tariqa Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakatdagi uchta eng yuqori lavozimni egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

Gurbanguli Berdimuhamedov

Baholaganlar

252

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing