“Arqadag‘”ning O‘zbekistonga qachon kelishi ma’lum bo‘ldi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov joriy yilning oktyabr oyi boshida rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda REGNUM axborot agentligi xabar bergan.  

“Tashrif doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining forumi ham bo‘lib o‘tadi”, deyilgan xabarda. 

Ta’kidlanishicha, davlat rahbari 6 sentyabr kuni Bosh vazir o‘rinbosari Esenmirat Orazgeldiyev bilan tashrifga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Turkmaniston Prezidenti boshchiligidagi hukumat delegatsiyasining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar bo‘yicha tegishli hujjatlar imzolanadi. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 13-14 sentyabr kunlari Esenmirat Orazgeldiyev boshchiligidagi Turkmaniston delegatsiyasi Toshkentda bo‘lib, qo‘shma komissiyalar yig‘ilishida ishtirok etgan. Tomonlar savdo aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazish va chegara savdo zonasini tuzishga kelishib olgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Berdimuhammedov

Baholaganlar

283

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing