“Arqadag‘” mamlakatidagi barcha 1-sinf o‘quvchilariga kompyuter sovg‘a qilyapti
Olam
−
25 dekabr 2020 7355 1 daqiqa
Turkmanistonning Axal viloyatida birinchi sinfga chiqqan o‘quvchilarga mamlakat Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov nomidan kompyuter sovg‘a qilindi. Bu haqda “Turkmaniston” gazetasi xabar bergan.
Bu yil viloyatda 23 137 nafar 6 yoshdagi bola birinchi sinfga borgan. Mamlakat parlamenti deputatlari va jamoatchilik tashkilotlari vakillari bolalarga omad tilagan.

Avvalroq, poytaxt Ashxoboddagi birinchi sinf o‘quvchilari Turkmaniston Prezidentidan sovg‘an olgan.
Yangi yil kirguncha butun mamlakatdagi birinchi sinf o‘quvchilari Prezidentdan shunday sovg‘a olishi kutilyapti.
Kompyuterlar “Agzybirlik tilsimaty” qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025