“Arqadag‘” koronavirus sabab qarorgohini o‘zgartirdi

Olam

image

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ota-onasiga koronavirus yuqtirmaslik uchun boshqa joyga ko‘chib o‘tdi. Berdimuhamedov kasal emas, shunchaki, o‘zini izolyatsiya qilishga qaror qildi.

Qayd etish kerakki, Turkmaniston COVID-19 koronavirusi bilan kasallanish holati qayd etilmaganini aytib kelayotgan sanoqli davlatlardan biri.

Shuning uchun, mamlakatda na Jahaon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga, na boshqa shaxsiy himoya qoidalariga amal qilinmayapti. Biroq davlat rahbari yaqinlarini ham, o‘zini ham xavfli infeksiyadan saqlash uchun ulardan uzoqroqda bo‘lishga qaror qilgan. Minish qishlog‘idagi rezidensiya “Arqadag‘”ning yangi vaqtincha uyi bo‘ldi. 

Ushbu qarorgohning qurilganiga ko‘p bo‘lmagan. Prezident bilan rezidensiyaga oshpaz, qo‘riqchi va xizmatchilar ko‘chib o‘tgan. Uning ota-onasi esa g‘arbroqda, Firuzda qolgan. Hozir ular karantin qoidalariga qat’iy rioya qilyapti.

Prezident amaldorlar bilan ham masofa saqlay boshlagan. Buni davlat telekanali tomoshabinlari payqagan. Bundan tashqari, Berdimuhamedov vazirlar bilan ham videoaloqa orqali muloqot qila boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmaniston

Baholaganlar

356

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing