“Arqadag‘” kenja kuyovini bosh konsul etib tayinladi
Olam
−
30 Sentabr 2019
4911Shu yilning 28 sentyabr kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Ixlasgeldi Amanovni Turkmanistonning Dubaydagi (BAA) bosh konsuli etib tayinladi. Bu haqda "Xronika Turkmenistana" xabar bermoqda.
Davlat rahbari bosh konsulxonani ochish to‘g‘risidagi farmonni 30 avgust kuni imzolagandi.
Ma’lumot uchun, Ixlasgeldi Amanov 1983 yilda Ashxobodda tug‘ilgan. 2004 yilda u Prezidentning kenja qizi Guljahonga uylandi. Berdimuhamedov Turkmaniston Prezidenti bo‘lganidan keyin u o‘z farzandlarini diplomatik xizmatga yozib qo‘ydi va ularni oilalari bilan chet elga yubordi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 2007 yil fevral oyida Amanov Turkmanistonning Germaniyadagi elchixonasining birinchi kotibi etib tayinlangan. 2008 yilda u Londonga ko‘chib o‘tdi va u yerda Turkmaniston Prezidenti huzuridagi Uglevodorod resurslarini boshqarish va foydalanish agentligining filialini ochdi. 2011 yilda u Bryusselda yashagan. 2015 yildan 2018 yilgacha u Belgiya va Lyuksemburgdagi Turkmaniston elchixonasida maslahatchi sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan. 2018 yildan beri u Turkmanistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasining birinchi kotibi sifatida ro‘yxatga olingan.
LiveBarchasi