“Arqadag‘” Afg‘onistondagi vaziyatga qanday yondashish kerakligini aytdi
Olam
−
22 Sentabr 2021
8807Afg‘onistondagi voqeliklar o‘zgardi, endi ularga mafkuraviy imtiyozlar, fobiyalar va stereotiplarsiz yondashish kerak. Bu haqda Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi yig‘ilishida ma’lum qildi.
“Afg‘onistondagi vaziyat oddiy emas, hokimiyat va jamiyatning yangi institutlari juda mo‘rt. Shuning uchun bu mamlakatdagi vaziyatni talqin qilish va baholashda so‘zda ham, amalda ham muvozanat, mas’uliyat talab qilinadi. Afg‘on voqeliklari o‘zgardi, ularga yondashuvlar shakllanar ekan, mafkuraviy imtiyozlar, eski ginalar, fobiya va stereotiplardan voz kechish kerak. Birinchi navbatda, urushlar va tartibsizliklardan charchagan, tinch va osoyishta hayotni orzu qilgan afg‘on xalqi haqida o‘ylash kerak”, degan u.
Prezidentga ko‘ra, Ashxobod Afg‘onistondagi siyosiy barqarorlik va xavfsizlik, “qardosh afg‘on xalqining farovonligi va birligi” bilan chuqur qiziqadi.
“Biz Afg‘onistondagi vaziyatning tezroq normallashishini xohlaymiz va paydo bo‘layotgan davlat institutlari butun afg‘on xalqining manfaatlari yo‘lida samarali ishlashiga umid qilamiz. O‘z navbatida, Turkmaniston, avvalgidek, Afg‘onistonga har tomonlama iqtisodiy va gumanitar yordam ko‘rsatadi”, degan Berdimuhammedov.
LiveBarchasi