Arqadag‘ 61 o‘zbekistonlikni afv etdi
Jamiyat
−
21 may 2020
14091Turkmaniston Respublikasida joylashgan jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan 61 nafar O‘zbekiston fuqarolari ushbu mamlakatda e’lon qilingan amnistiya aktiga asosan ozodlikka chiqarilib, Vatanga qaytarildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB xabar berdi.
Ozod etilganlarning 59 nafari erkak va 2 nafari ayol bo‘lib, 1 nafardan Toshkent shahri va Navoiy viloyatidan, 2 nafari Buxoro, 3 nafari Toshkent, 5 nafari Qashqadaryo, 25 nafari Xorazm viloyati va 24 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi fuqarolardir.
Ular karantin tartib-qoidalariga to‘liq rioya etilgan holda Buxoro viloyati Olot tumanidagi Bojxona chegara posti orqali Respublika hududiga kiritilib, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan 14 kunlik maxsus karantin saqlash markaziga joylashtirildi.
Ular orasidan O‘zbekiston Respublikasi hududida qidiruvda bo‘lgan 5 nafar shaxslarning 3 nafari Xorazm viloyati va 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi fuqaro. 2 nafar shaxslar maxsus konvoy avtomashinasi orqali yashash joyi - Qoraqalpog‘iston Respublikasiga jo‘natildi.
Ma’lumot uchun, Turkmanistonda joriy yilning 16 may kuni Laylatul qadr kechasi munosabati bilan amnistiya e’lon qilindi. Mamlakat Prezidenti Gurbanguli Bedimuhamedov 1402 nafar mahbusni afv etdi.
LiveBarchasi