Arisdagi portlash sabab to‘xtatib qo‘yilgan poyezddagi o‘zbekistonliklar avtobuslarda qaytarilmoqda

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, 24 iyun kuni Qozog‘istonning Aris shahrida joylashgan harbiy qismda portlash sodir bo‘lgani natijasida, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ bir nechta yo‘lovchi poyezdlarining Aris stansiyasi orqali harakat qayta ishga tushishiga qadar vaqtincha to‘xtatilgan edi.

O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 25 iyun kuni Ufa shahridan kelayotgan 382-son temir yo‘l reysining qolgan barcha yo‘lovchilari avtobuslar orqali Toshkent shahriga yuborildi.  Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Shuningdek,  Chelyabinsk-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan va Aris shahridagi o‘q-dorilar portlashlari oqibatida, Turkiston shahrida to‘xtatib qo‘yilgan “Rossiya temir yo‘llari”ga qarashli 365-reys yo‘lovchilari “Jibek Joly” - “G‘isht ko‘prik” nazorat-o‘tkazish punktigacha Qozog‘istonning Turkiston viloyati Akimati ko‘magida,  u yog‘iga Toshkent shahrigacha esa “O‘zavtotrans” avbobuslarida yetkazildi. 

25 iyun kuni kechasi Chimkent shahrida to‘xtatib qo‘yilgan “Novosibirsk-Toshkent” 370-termiyo‘l reysining 264 nafar yo‘lovchilarini Toshkent shahriga yetkazish ishlari 26 iyun kuni ertalab davom ettirildi. 

Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘iston hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur vaziyatlarda O‘zbekistonning Nur-Sulton shahridagi Elchixonasiga (tel. :  +7-717-295-42-52) yoki Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga (tel. :  +7-727-291-11-78) murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi.


Maqola muallifi

Teglar

TIV Aris

Baholaganlar

11

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing