Aripov Yashil iqlim jamg‘armasi ijrochi direktori bilan uchrashdi
Jamiyat
−
27 may
1994Bugun, 27 may kuni Vazirlar Mahkamasida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Yashil iqlim jamg‘armasi ijrochi direktori Mafalda Duarte bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov ma’lum qildi.
Uchrashuvda iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning oqibatlarini yumshatishga qaratilgan qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Shuningdek, O‘zbekistonda Yashil iqlim jamg‘armasining mintaqaviy vakolatxonasini ochish, Jamg‘arma bilan birgalikda innovatsion ko‘kalamzorlashtirish va yerlarni barqaror boshqarish loyihalarini ishlab chiqish hamda Orolbo‘yida ijtimoiy-ekologik vaziyatni yaxshilash, jamg‘armaning moliyaviy resurslaridan unumli foydalanish singari masalalar ham muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 may kuni rasmiy tashrif bilan Eronning Tehron shahriga borgan O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovni Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon qabul qilgandi. O‘zbekiston-Eron biznes forumida esa eronlik ishbilarmonlar Aripov tomonidan Xorazm va Samarqand viloyatlaridagi sanoat zonalari imkoniyatlaridan keng foydalanishga taklif etildi.
LiveBarchasi
Dollar kursi yana oshdi.
15 iyul
Moskva yana suv ostida qoldi.
15 iyul