Aripov O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida muntazam parvozlarni ko‘paytirishni taklif qildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avval xabar berganimizdek, kecha, 22 iyun kuni Moskva shahrida O‘zbekiston-Rossiya hukumatlararo komissiyasining hukumat rahbarlari darajasidagi ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda ishtirok etgan O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiyaga muntazam aviaparvozlar sonini haftasiga 14 tagacha ko‘paytirishni taklif qildi. Hozirda bunday reyslar 4 ta.

“Shuningdek, biz talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha mamlakatlarimiz o‘rtasida yo‘lovchi temir yo‘l aloqalarini bosqichma-bosqich tiklashni maqsadga muvofiq deb bilamiz”, degan Aripov.

Eslatib o‘tamiz, Abdulla Aripov hukumatlararo komissiya yig‘ilishida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo aylanmasi tez orada 10 mlrd dollarga yetishini aytib o‘tgan.

O‘z navbatida, RF Bosh vaziri Mixail Mishustin ikki davlat o‘rtasida istiqbolli sohalarda kooperatsiyalarni kengaytirishga chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Rossiya Abdulla Aripov

Baholaganlar

91

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing