Aripov Turkmanistonda uchinchi muhim uchrashuvni o‘tkazdi

Olam

image

Birinchi Kaspiy iqtisodiy forumi doirasida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiya Hukumat rahbari Dmitriy Medvedev bilan uchrashdi. Bu haqda RF Hukumat portali xabar berdi.

“Men 10 iyul kuni Moskva va Moskva viloyatiga safarimiz juda mazmunli dastur bilan tashkillashtirilgani uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Biz axborot texnologiyalari, markirovkalash, soliq sohalarida hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab oldik. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik jadal rivojlanmoqda. Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, yetti oy ichida savdo hajmi o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 15 foizga ortiq. Yil oxiriga kelib u 6 milliard dollardan oshadi, deb umid qilamiz”, dedi Aripov.

Aripovning ta’kidlashicha, yaqinda Rossiya Federatsiyasi hukumati tashabbusi bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importi uchun QQSning yangi ko‘rsatkichi qabul qilindi. Bosh vazir o‘zbekistonlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar bundan foydalanishi hamda Rossiya bozoriga eng sifatli va foydali mahsulotlarni yetkazib berishiga umid bildirdi.

“Abdulla Nig‘matovich, sizni yana bir bor samimiy qutlayman. Bu yil biz tez-tez uchrashyapmiz. Bu Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni barqaror rivojlantirish garovidir. Siz yaqinda Moskvada bo‘ldingiz. Bugungi tadbir nafaqat forumga tegishli mavzularni, balki ikki tomonlama hamkorlikni, prezidentlar va hukumatlar darajasida qabul qilingan bir qator qarorlarni amalga oshirishni muhokama etish imkoniyatini beradi”, dedi Medvedev.

Avvalroq, Abdulla Aripov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Rossiya Abdulla Aripov Dmitriy Medvedev

Baholaganlar

13

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing