Aripov Rasulzoda bilan chegaralarni ochish va aviaqatnovlarni tiklash masalasini muhokama qiladi
Jamiyat
−
10 Sentabr 2020
7371Avvalroq, O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Tojikistonga safar qilishi haqida xabar bergan edik.
O‘zbekiston Hukumati rahbari joriy yilning 28-29 sentyabr kunlari qo‘shni davlatga tashrif buyuradi. Shu kunlarda O‘zbekiston va Tojikistonning savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkaziladi. Bu haqda “Asia-Plus” xabar berdi.
Hukumatlararo komissiyaga Abdulla Aripov va Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzoda boshchilik qiladi.
Tomonlar koronavirus tarqalishi sabab mart oyida yopilgan chegaralarni ochish va aviaqatnovlarni tiklash masalalarini muhokama qilishi kutilyapti.
Kelasi yilda Tojikistondan O‘zbekistonga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi hajmi, O‘zbekistondan Tojikistonga eksport qilinayotgan tabiiy gaz miqdori va ularning narxi borasida ham shu yig‘ilishda kelishib olish belgilangan.
O‘tgan yili O‘zbekiston Tojikistondan 1 mlrd 425,1 mln kVt soat elektr energiyasi sotib olgan. Har bir kilovat elektr energiyasi 2 sentdan hisoblangan va jami 28,5 mln dollarni tashkil qilgan.
2019 yilda Tojikiston O‘zbekistondan 17,7 mln dollarga 140 mln kubometr tabiiy gaz xarid qilgan.
LiveBarchasi