Aripov Prezident nomidan Paralimpiyachilarga rahmat aytdi 

Sport

image

Bugun, 6 sentyabr kuni Tokio Paralimpiadasi ishtirokchilarini “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Unda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Paralimpiyachilarni tabriklab, Prezident va o‘zbek xalqi nomidan minnatdorlik bildirdi. 

“Assalomu alaykum, hurmatli Paralimpiyachilar, Vatanga xush kelibsiz. Sizning g‘alabangiz Prezidentimiz yuritayotgan oqilona siyosat natijasidir. O‘tgan 5 yil davomida eng nufuzli turnir hisoblangan Paralimpiya o‘yinlari uchun munosib tayyorlanishga barcha sharoitlar yaratib berildi. Tokioga jo‘nab ketishdan avval O‘zbekiston Paralimpiya qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda shoda-shoda medallarni qo‘lga kiritinglar, deb yaxshi niyat qilgan edik. Dunyo davlatlari ichida 19 ta medal evaziga 16-o‘rin qo‘lga kiritildi. Barchangizni ushbu g‘alaba bilan tabriklayman”, deydi Aripov. 

Shuningdek, Bosh vazir Paralimpiyachilar nima uchun “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida taqdirlanganiga izoh berdi:

“Olimpiada o‘yinlaridan so‘ng, sportchilarimizni Milliy Olimpiya qo‘mitasida taqdirladik. Ular joriy yilning 31 avgust kuni “Yangi O‘zbekiston” majmuasidagi bayram tantanalarida ishtirok etdi. Paralimpiyachilarimiz esa shu kuni bahslarda qatnashayotgan edi. Shuning uchun Prezidentimiz topshirig‘ini bajargan holda ushbu maskanda ularni kutib oldik. Kelajakda bundanda katta yutuqlarga erishishni tilab qolaman. Barchangizga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va aziz xalqimiz nomidan minnatdorchilik bildiraman.”

Eslatib o‘tamiz, oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchilarga Chevrolet Tahoe rusumli avtomobil hamda 200 ming AQSH dollari, kumush medal qo‘lga kiritganlarga Traverse avtomobili va 100 ming AQSH dollari, bronza medal olgan sovrindorlarga esa Traiblazer rusumli avtomobil hamda 50 ming AQSH dollari miqdorida pul mukofoti taqdim etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulla Aripov Tokio-2020 Yangi O'zbekiston

Baholaganlar

211

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing