Aripov – Ozarbayjonda. U Ilhom Aliyev qabulida bo‘ldi

Olam

image

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov bugun, 19 iyul kuni Gruziyaga tashrifini yakunlab, Ozarbayjonga bordi va Prezidenti Ilhom Aliyev qabulida bo‘ldi. 

Ozarbayjon rahbari yaqinda O‘zbekiston Prezidenti bilan bo‘lib o‘tgan telefon muloqotini eslab, suhbat chog‘ida Shavkat Mirziyoyevning saylovdagi ishonchli g‘alabasi bilan tabriklagani, barcha sohalarda ijobiy rivojlanish tendensiyasi kuzatilayotganidan mamnunligini aytgan. Prezident Ilhom Aliyev O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovning Ozarbayjonga tashrifi hamkorlik istiqbollarini belgilash nuqtai nazaridan muhim ekanini bildirgan. 

Ильхам Aliyev принял премьер-министра Узбекистана

Ozarbayjon Prezidenti ikki tomonlama munosabatlar yildan-yilga rivojlanib borayotganini qayd etib, kelgusida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan yangi muvaffaqiyatli loyihalar hayotga tatbiq etilishiga ishonch bildirgan. 

Abdulla Aripov, Prezident Ilhom Aliyevga Shavkat Mirziyoyevning salomini yetkazgan. Davlat rahbari qutlov uchun minnatdorlik bildirib, uning salomini O‘zbekiston Prezidentiga yetkazishni so‘ragan. 

Abdulla Aripov O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan saylovdan so‘ng Shavkat Mirziyoyevni birinchi bo‘lib Prezident Ilhom Aliyev tabriklaganini qayd etib, bu davlat rahbarlari va mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik va qardoshlik namunasi ekanini urg‘ulagan. 

Aripov Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini tiklash muhimligini aytgan. 

Suhbat chog‘ida O‘rta yo‘lakning ahamiyati haqida so‘z borgan, O‘zbekiston kompaniyalarining Ozarbayjonda tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonada ishtirok etish istiqbollari, 18 iyul kuni Shusha shahrida bo‘lib o‘tgan Ozarbayjon-O‘zbekiston hukumatlararo qo‘shma komissiyasining 12-majlisining ahamiyati ko‘rsatilgan.

Oxirgi vaqtlarda o‘zbekistonlik rasmiylarning Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev qabulida bo‘lishi ortgan. Masalan, joriy yilning 1 may kuni “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati raisi Ulug‘bek Ro‘ziqulov, 15 may kuni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva, 5 iyul kuni Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Aliyev qabulida bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, Aripov bungacha Gruziyaga borib, Bosh vazir Irakliy Garibashvili bilan uchrashgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Aliev Abdulla Aripov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made