Aripov yordam pullarini tarqatish masalasida tanqidiy yig‘ilish o‘tkazyapti

Jamiyat

image

Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda. Videoselektor yig‘ilishida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyati tanqidiy muhokama qilinmoqda.

Hukumat rahbari moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarga respublika byudjetidan ajratilgan bir martalik moddiy yordam pullarini tarqatishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan ayrim mahallalar raislarining qilmishini keskin tanqid qildi.

Bosh vazir buni hech qaysi mezon bilan oqlab bo‘lmasligini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 4 avgust kuni pandemiya davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda shu masala muhokama qilingandi.

Prezident moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalar ro‘yxatlarini to‘g‘ri va haqqoniy shakllantirish, ajratilgan mablag‘larni adolatli tarqatish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulla Aripov

Baholaganlar

241

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing