Aripov Qirg‘izistonga bordi (foto)
Jamiyat
−
15 avgust 2023 9102 1 daqiqa
Bugun, 15 avgust kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov amaliy tashrif bilan Qirg‘izistonga bordi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xabar berdi.

Issiqko‘l xalqaro aeroportida O‘zbekiston Bosh vazirini Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Bakit To‘roboyev kutib olgan.

Abdulla Aripov ertaga, 16 avgust kuni Cho‘lpon-Ota shahrida bo‘lib o‘tadigan Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo komissiyaning 10-yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatga tashrif buyurgan.


Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025